Abdusattorov va Sindarov Las-Vegasdagi Freestyle Chess Grand Slam musobaqasini boshlaydi
Bugun, 16 iyul kuni AQShning Las-Vegas shahrida Freestyle Chess Grand Slam Las Vegas musobaqasiga start beriladi.
16–20 iyul kunlari davom etadigan ushbu nufuzli turnirda o‘zbekistonlik grossmeysterlar — Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov dunyo shaxmatining yetakchi nomlari bilan kuch sinashadi.
Musobaqa Wynn mehmonxonasida tashkil etiladi. Uning umumiy mukofot jamg‘armasi 750 000 AQSh dollarini tashkil qiladi.
Musobaqa ishtirokchilari ro‘yxati bilan tanishing:
Nodirbek Abdusattorov
Javohir Sindarov
Magnus Karlsen
Hikaru Nakamura
Fabiano Karuana
Levon Aroniyan
Uesli So
Rey Robson
Sem Sevian
Hans Niemann
Leinier Dominges
Arjun Erigaisi
Rameshbabu Praggnaanandhaa
Vincent Keymer
Vidit Gujrathi
Bibisara Assaubayeva (turnir tarixidagi ilk ayol ishtirokchi)