8–18 yoshli o‘g‘il-qizlar o‘rtasida Markaziy va Shimoliy Osiyo chempionati o‘tkaziladi
Markaziy va Shimoliy Osiyo mintaqasidagi davlatlar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Chess Uzbekistan
Joriy yilning, 30-iyun– 8-iyul kunlari Qirg‘iziston Respublikasining Issiqko‘l viloyati, Korumdu qishlog‘ida joylashgan “Solemar” dam olish markazida shaxmat bo‘yicha 8–18 yoshli o‘g‘il va qizlar o‘rtasida Markaziy va Shimoliy Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.
Musobaqa Kyrgyz Chess Union tomonidan tashkil etilib, unda Markaziy va Shimoliy Osiyo mintaqasidagi davlatlar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
“Mazkur chempionat yosh shaxmatchilar o‘rtasida xalqaro tajriba almashish, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash hamda iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi”, - deyiladi xabarda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist