6 yoshgacha bolalar o‘rtasida O‘zbekiston shaxmat chempionatiga start berildi
G‘olib va sovrindorlar medallar, diplomlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Chess Uzbekistan
Bugun, Toshkent shahrida joylashgan Xalqaro shaxmat akademiyasida 6 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga start berildi.
Musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan eng iqtidorli yosh shaxmatchilar ishtirok etmoqda.
Mazkur chempionat yosh avlod orasida shaxmatni ommalashtirish, iste’dodlarni aniqlash va ularni professional sportga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
G‘olib va sovrindorlar medallar, diplomlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist