locale OZ

6-Islom Birdamlik O'yinlari doirasida Kurash sport turi bo'yicha ilk bor ko'rgazmali musobaqalar o'tkazildi

-57 kg: vaznda Qodirova Fotima va -81 kg: vaznda Esanov Umid kumush medalga egalik qilishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 6-Islom Birdamlik O'yinlari doirasida Kurash sport turi bo'yicha ilk bor ko'rgazmali musobaqalar o'tkazildi
photo: Kurash Uzbekistan

Joriy yilning 6 noyabr kuni Ar-Riyod shahrida bo'lib o'tayotgan 6-Islom Birdamlik O'yinlari doirasida Kurash sport turi bo'yicha ilk bor ko'rgazmali musobaqalar o'tkazildi.

Unda 8 ta davlatdan 30 dan ortiq kurashchilar qatnashdi. Jumladan erkaklar 2 ta (-66 kg va -81 kg) hamda ayollar 2 ta (-57 kg va -70kg) vazn toifasida gilamga tushdi.

-66 kg: vaznda O'zbekistonlik kurashchimiz Buriyev Ruslan va -70 kg: vaznda Nazarova Shoxista oltin medalni qo'lga kiritishdi.
-57 kg: vaznda Qodirova Fotima va -81 kg: vaznda Esanov Umid kumush medalga egalik qilishdi.

Kurash musobaqasi bo'yicha medallar jamg'arish bo'yicha birinchi o'rinni O'zbekiston, ikkinchi o'rin Eron, uchinchi o'rinlarni Qirg'iziston egalladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting