26–28 sentyabr kunlari Shri-Lanka mintaqaning Asia Pacific Motorsport Championship 2025 musobaqasiga mezbonlik qiladi
26–28 sentyabr kunlari Shri-Lanka mintaqaning eng yirik avtosport voqealaridan biriga – Asia Pacific Motorsport Championship 2025 musobaqasiga mezbonlik qiladi.
Osiyo-Tinch okeani mintaqasining eng kuchli haydovchilari karting-slalom, jimxana, krosskar, karting-endyurans va simrey sing (Esports) kabi eng dinamik yo‘nalishlarda chempionlik unvonlari uchun bahs olib borishadi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy Avtosport Terma Jamoasi bir nechta yo‘nalishlarda mamlakat sharafini himoya qiladi. Jamoaga O‘zbekiston Avtomobil va Mototsikl Federatsiyasi (NAFKU) Bosh kotibi / Birinchi Vitse-Rais Aleks Tsoy boshchilik qiladi.
Terma jamoa tarkibi:
Gymkhana
• Alim Ahmadjanov
• Dilshod Yusupov
• Sabina Yusupova
Cross Car
• Farrux Urinov
Karting Endurance
• Samina Ahmadjanova
• Li Senman
Karting Slalom (Cadet)
• Vladislav Kim
• Arseniy Glova
Karting Slalom (Senior)
• Amir Xamrayev
• Kamoliddin Najmiddinov
E-sport (Sim Racing)
• Rustam Xabirov
• Mirazam Yusupov