22-25 yanvar kunlari AQShning Solt-Leyk-Siti shahrida sablya bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasidagi Jahon kubogi musobaqasi bo'lib o'tadi
22-25 yanvar kunlari AQShning Solt-Leyk-Siti shahrida sablya bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasidagi Jahon kubogi musobaqasi bo'lib o'tadi.
Unda yakka va jamoaviy musobaqalar bo'lib o'tadi. Bugungi kunga qadar 44 dan ortiq mamlakatdan 381 dan ortiq sportchi, jumladan, Argentina, Braziliya, Yaponiya, Italiya, Turkiya, Meksika, Avstraliya, Koreya Respublikasi va boshqalar ro'yxatdan o'tgan.
Ayollar jamoasi:
Zaynab Dayibekova, Samira Shokirova, Fernanda Herrera, Guliston Perdibaeva, Ayakoz Jumamuratova va Nargiza Jaksybaeva.
Erkaklar jamoasi:
Islambek Abdazov, Musa Aimuratov, Sardor Abdukarimbekov va Alpamys Urakbaev.
O'zbekistonlik sportchilarga o'ziga ishonch, xotirjamlik va yorqin g'alabalar tilaymiz. Har bir musobaqa yangi sport cho'qqilariga qadam bo'lsin.