locale OZ

2026 yilning 11-15 iyun kunlari Tojikistonning Dushanbe shahrida kattalar o‘rtasida kurash bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkazildi

Ikkinchi kun natijalari bo'yicha O‘zbekiston terma jamoasi 7 ta oltin, 1 ta kumush medalni qo'lga kiritdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
2026 yilning 11-15 iyun kunlari Tojikistonning Dushanbe shahrida kattalar o‘rtasida kurash bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkazildi
photo: Kurash Uzbekistan

2026 yilning 11-15 iyun kunlari Tojikistonning Dushanbe shahrida kattalar o‘rtasida kurash bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkazildi.

Chempionatning ikkinchi kuni erkaklar o‘rtasida -90 kg, -100 kg, -120 kg va +120 kg, ayollar o‘rtasida esa -48 kg, -52 kg, -57 kg va -63 kg vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.

Ikkinchi kun natijalari bo'yicha O‘zbekiston terma jamoasi 7 ta oltin, 1 ta kumush medalni qo'lga kiritdi.

Oltin medallarni
-48 kg vazn toifasida
Xolmatova Maftuna;
-52 kg vazn toifasida
Ortiqboyeva Hilola;
-57 kg vazn toifasida
Agajonova Ibodatxon;
-63 kg vazn toifasida
G‘aniyeva Mashxura;
-90 kg vazn toifasida
Sadinov Samandar;
-100 kg vazn toifasida
Mamatrahimov Jamshid;
+120 kg vazn toifasida
Baxtiyorov Shoxruxxon qo'lga kiritdi.

Kumush medalni
-120 kg vazn toifasida Jurayev Sherali qo'lga kiritdi.

Osiyo chempionati yakuni bo'yicha O‘zbekiston jami 15 ta (10 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza) medallarni qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida 1- o‘rinni egalladi, Tojikiston 2-o'rin va Koreya 3-o‘rinni egalladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting