locale OZ

16 iyun kuni Jahon chempionatida ikki dzyudochimiz tatamiga chiqadi – ularga muxlislik qilamiz!

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

Vengriyaning Budapesht shahrida bo‘lib o‘tayotgan kattalar o‘rtasidagi dzyudo bo‘yicha Jahon chempionati to‘rtinchi kunga yetib keldi. Bugungi kun dasturida ayollar o‘rtasida -63 kg, erkaklar o‘rtasida esa -81 kg vazn toifasidagi bellashuvlar o‘tkaziladi. Mazkur yo‘nalishlarda O‘zbekiston sharafini Marjona Nurulloyeva va Arslonbek Tojiyev himoya qiladi.

Dzyudochilarimizning birinchi raqiblari:
• -63 kg: Marjona Nurulloyeva – Sabina Gerchak (Vengriya)
• -81 kg: Arslonbek Tojiyev – Antonio Esposito (Italiya)

Bellashuvlar 16 iyun kuni, soat 14:00da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.

Ikki sportchimizga ham omad tilaymiz! Qo‘llab-quvvatlashni unutmang!

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting