13–16-yanvar kunlari BAAning Abu-Dabi shahrida FBMA sport klubida ot sportining to‘siqlardan sakrash yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘ldi
13–16-yanvar kunlari BAAning Abu-Dabi shahrida FBMA sport klubida ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli turnirda dunyoning turli mamlakatlaridan kuchli sportchilar qatorida O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etdi.
Musobaqaning ilk kunidayoq yurtimiz chavandozlari yuqori sport mahoratini namoyon etib, muvaffaqiyatli natijalarga erishdi. Xususan, Abdullayev Abdurahmon CSIU 25-A yo‘nalishida ishonchli va texnik jihatdan puxta chiqish qilib, keskin bahslar yakunida faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi.
Ushbu natija Oʻzbekiston terma jamoasi uchun musobaqaning muvaffaqiyatli boshlanishi bo‘lib, mamlakatimiz chavandozlarining xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini yana bir bor tasdiqladi. Abdullayev Abdurahmonning yutug‘i sportchining puxta tayyorgarligi, murabbiylar shtabining samarali mehnati hamda mamlakatimizda ot sportiga qaratilayotgan e’tibor natijasidir.
🇺🇿Oʻzbekiston terma jamoasining bunday natijalari xalqaro maydonda yurtimiz nufuzini oshirishda, yosh sportchilar uchun katta turtki bo‘lib kelmoqda.