13 yoshli qiz kopyo boshiga tegib halok bo‘ldi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com
Kabardino-Balkariyaning Priblijnaya stantsiyasida fojia yuz berdi. Munitsipal sport maktabi tarbiyalanuvchisi, 16 yoshli o‘quvchi tomonidan otib yuborilgan yengil atletika kopysi 13 yoshli qizning boshiga tegdi.
Jabrlanuvchi tezda shifoxonaga yetkazildi. Shifokorlar bir necha kun davomida uning hayotini saqlab qolishga harakat qilishdi, biroq u hushiga kelmasdan vafot etdi.
Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Voqea paytida murabbiy nazorati bo‘lmagani sababli, uni javobgarlikka tortish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Bakradze Iman
Redaktor