locale OZ

10 yoshli dog‘istonlik bola kurash mashg‘ulotidan so‘ng vafot etdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: championat.com

Dog‘istonda 10 yoshli bola erkin kurash mashg‘uloti paytida o‘zini yomon his qilib, oradan ko‘p o‘tmay vafot etdi. Bu haqda Mash Gor telegram-kanali xabar berdi.

Islomdin ismli bola mashg‘ulot vaqtida ko‘kragida og‘riq sezganini aytgan. Shundan so‘ng uni tezda Maxachqaladagi shifoxonaga olib borishgan. Afsuski, shifokorlar uning hayotini saqlab qolishga ulgurishmadi — bola yurak urishining to‘xtashi oqibatida vafot etdi. Ma’lum bo‘lishicha, Islomdin og‘ir kasallikka chalingan bo‘lgan, ammo bu haqida hech kim bilmagan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Rossiya erkin kurash terma jamoasining bosh murabbiyi Xajimurat Gatsalov doping qoidalarini buzishda gumon qilinganligi sababli murabbiylikdan chetlatilgan edi. Gatsalov 2004 yil Afina Olimpiadasi chempioni va besh karra jahon chempioni sifatida tanilgan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting