Xokkeychilarimiz Jahon chempionatidagi yutug‘i uchun qancha mukofot puli olgani ma’lum bo‘ldi
Rasm: Gazeta.uz
Aprel oyida xokkey bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatining IV divizion bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston terma jamoasi ushbu musobaqada guruhdagi barcha raqiblarini mag‘lub etib, birinchi o‘rinni egalladi va keyingi — III divizionga yo‘l oldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu muvaffaqiyat uchun jamoaning mahalliylashtirilgan xokkeychilari har biriga 2 ming AQSh dollari miqdorida mukofot puli bilan taqdirlangan.
Shu bilan birga, mahalliy xokkeychilar va jamoa xodimlari hali-hanuz o‘z mukofot pulini kutishmoqda.
Bakradze Iman
Redaktor