Xokkey. Humo Bishkekda dramatik bahs o'tkazdi
“Uchur” jamoasiga qarshi ikkinchi o‘yin ham gollarga boy bo‘ldi.
photo: Humo Xokkey
“Uchur” jamoasiga qarshi ikkinchi o‘yin ham gollarga boy bo‘ldi. Birinchi davr unchalik omadli o‘tmagan bo‘lsa-da, Qanotlilar o‘yinga qaytib, hisobni tenglashtirishdi.
Asosiy vaqt 6:6 bilan yakunlandi. Overtaymda har ikki jamoa xavfli vaziyatlar yaratdi, biroq hisob o‘zgarmadi. Hammasi bullitlar seriyasida hal bo‘ldi — unda “Uchur” xokkeychilari aniqroq harakat qilishdi.

Shunga qaramay, yigitlarimizga ko‘rsatgan xarakteri uchun minnatdorchilik bildiramiz va keyingi o‘yinlarda omad tilaymiz!
Ibrohim Jalolov
Redaktor