locale OZ

Xokkey federatsiyasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xokkey federatsiyasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
Фото: Спорт вазирлиги

Bugun Sport vazirligida O‘zbekiston xokkey federatsiyasini rivojlantirish hamda sohaning bugungi holatiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi.

Yigʻilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo‘yicha vakili Odil Abdurahmonov, sport vaziri Adkham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Xokkey federatsiyasi vitse-prezidenti Baxodir Gafurov ishtirok etdi.

Taqdimot davomida mamlakatimizda xokkey sport turini yanada ommalashtirish, zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish, hududlarda seleksiya tizimini takomillashtirish, trener va hakamlar salohiyatini oshirish, shuningdek, terma jamoalarning xalqaro maydondagi natijalarini yanada yaxshilashga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting