locale OZ

Ueyn Gretskiy Yaromir Yagr undan nimasi uchun uzr so‘raganini aytdi

Xokkey
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Xokkey afsonasi Ueyn Gretskiy chexiyalik hujumchi Yaromir Yagr MHLdagi uning oxirgi o‘yinida o‘vertaymda gol urgani uchun undan uzr so‘raganini ma’lum qildi.

«Nyu-Yorkda Yagr bilan so‘nggi o‘yinimni o‘tkazdim. U o‘vertaymda gol urdi va kechirasiz, dedi. Men esa buni normal qabul qildim, yaxshi xayrlashuv bo‘ldi. Yaromir kabi o‘yinchining ligamizda to‘p surganidan mamnunman», — dedi Gretskiy TNT Sports efirida.

Ma’lumot uchun, Ueyn Gretskiy 1999 yil 18 aprel kuni MHLdagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazgan. O‘sha kuni «Nyu-York Reyndjers» jamoasi «Pittsburgh Penguins»ga o‘vertaymda 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting