locale OZ

Tramp: Ovechkin – kuchli yigit va ajoyib inson. U yangi rekord o‘rnatdi

Xokkey
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tramp: Ovechkin – kuchli yigit va ajoyib inson. U yangi rekord o‘rnatdi
Tramp: Ovechkin – kuchli yigit va ajoyib inson. U yangi rekord o‘rnatdi

AQSH prezidenti Donald Tramp rossiyalik xokkeychi Aleksandr Ovechkin haqida iliq fikrlar bildirib, uni «katta va kuchli yigit» deb atadi. Prezident, shuningdek, uni yaxshi inson sifatida ta’rifladi va uning NHL’dagi rekord natijasini e’tirof etdi.

«Men kanadaliklarga hurmatim baland. Ueyn Gretskiy – afsona odam. Lekin bizda ham juda-juda yaxshi o‘yinchi bor – ‘Capitals’ safida. Katta, kuchli yigit. Yangi rekord o‘rnatdi va u ajoyib inson», – dedi Tramp.

Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Ovechkin yaqinda Ueyn Gretskiyning NHL’dagi gollar rekordini yangiladi. U «Nyu-York Islanders»ga qarshi o‘yinda 895-golini kiritdi. Hozirda uning hisobida 897 ta gol mavjud.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting