Ted Leonsis Ovechkinning "Washington"dagi kelajagi haqida gapirdi


"Washington Capitals" klubi egasi Ted Leonsis rossiyalik sardor Aleksandr Ovechkinning kelajagi haqida intervyu berdi.
Leonsisning o'zi ta'kidlaganidek:
"Aleks biz uchun 20 yildan beri o'ynab kelmoqda. U keyingi mavsumda ham o'ynaydi. U faoliyatini yakunlashga qaror qilgan paytda, biz ijodiy yondashuv topishimiz kerak bo'ladi. Hozircha u bunday qaror qabul qilmagani ayon. Men o'ylaymanki, u bilan klub o'rtasidagi munosabatlar uzilishi uchun hech qanday sabab yo'q. U o'yinchi bo'lmasa-da, tashkilotning bir qismi bo'lib qolishi mumkin bo'lgan variantlarni ko'rib chiqishga arziydi. Biz ko'p narsa qila olamiz, chunki yaratgan madaniyatimiz aynan Aleksdan boshlangan".
39 yoshli rossiyalik xokkeychi Aleksandr Ovechkin MXLning muntazam chempionatlaridagi eng yaxshi snaiperi hisoblanadi. 2025 yil 6 aprel kuni u o'zining 1487-o'yinida 895-shaybasini kiritib, xuddi shuncha o'yin o'tkazgan Ueyn Gretskidani ortda qoldirdi.