locale OZ

Stenli Kubogi: 1/4 final juftliklari ma’lum bo‘ldi — ikkinchi bosqich 6 mayda start oladi

Xokkey
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Stenli Kubogi: 1/4 final juftliklari ma’lum bo‘ldi — ikkinchi bosqich 6 mayda start oladi
Stenli Kubogi: 1/4 final juftliklari ma’lum bo‘ldi — ikkinchi bosqich 6 mayda start oladi

MHL pley-offining birinchi bosqichi dramatik tarzda yakunlandi — "Vinnipeg Jets" jamoasi hal qiluvchi, yettinchi o‘yinda "Sent-Luis Blyuz"ni 4:3 (OT) hisobida mag‘lub etdi. Shu tariqa, Stenli Kubogi uchun kurashda qolgan 8 jamoa aniqlandi.

1/4 final (pley-offning ikkinchi bosqichi) juftliklari quyidagicha shakllandi:
Vashington Kepitalz — Karolina Xarreykeynz
Toronto Meypl Lifs — Florida Panterz
Vegas Golden Nayts — Edmonton Oylers
Dallas Stars — Vinnipeg Jets

Ikkinchi bosqich o‘yinlari 6 may kuni boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi chempion — "Florida Panterz". Ular o‘tgan mavsum finalda "Edmonton Oylers"ni 4:3 hisobida yengib, Kubokni qo‘lga kiritgan edi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting