Petr Cech yangi xokkey klubiga o'tdi
Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Petr Cech yangi xokkey klubiga o'tdiФОТО: Getty images
Londonning “Chelsi” va “Arsenal” klublarining sobiq darvozaboni Petr Cech Angliyaning xokkey jamoasi — “Haringey Huskies” bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
43 yoshli Cech bilan kelishuv 2025/26 mavsumi uchun tuzilgan. Bu klub 2017 yilda tashkil topgan. Hozirda NIHL (National Ice Hockey League) ligasining pastki divizionida qatnashadi.
Eslatib o‘tamiz, Petr 2019 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan. Shundan keyin u xokkeyda faoliyatini davom ettirmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist