O'zbekistonlik xokkeychilar jahon chempionatida yana bir divizion yuqorilashdi
Bu haqda Milliy Olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Фото: Olympic.uz
Gonkongda xokkey boʻyicha kattalar oʻrtasidagi jahon chempionatining III divizion “B” guruhidan oʻrin olgan bellashuvlar boʻlib oʻtdi. Quvonarlisi, unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi barcha raqiblarini magʻlub etib, guruhda birinchi oʻrinni egalladi.
Oʻzbekiston — Moʻgʻuliston 26:1
Oʻzbekiston — Filippin 28:3
Oʻzbekiston — KXDR 20:3
Oʻzbekiston — Lyuksemburg 14:0
Oʻzbekiston — Gonkong 9:4
Ushbu muvaffaqiyatdan keyin jamoamiz kelasi yil III divizionning “A” guruhida ishtirok etish huquqiga ega boʻldi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist