locale OZ

O‘zbekiston U18 terma jamoasi jahon chempionati III divizion A guruhida gʻolib boʻldi

10-mart kuni Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olish rejalashtirilmoqda.
Xokkey
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston U18 terma jamoasi jahon chempionati III divizion A guruhida gʻolib boʻldi
Фото: Olympic.uz

Joriy yilning 2-8-mart kunlari Gonkongda oʻtkazilgan xokkey boʻyicha U18 yosh toifasidagi jahon chempionatida jamoamiz 5 ta o‘yinda 5 ta g‘alabani qoʻlga kiritib,
yuqoriroq divizion — IIB ga yo‘llanmaga ega boʻldi.

Hal qiluvchi shiddatli bahslarda O'zbekiston terma jamoasi Isroil jamoasini 6:3 hisobida mag'lub etib, oltin medalni qo'lga kiritdi.

Ishonchli o‘yin, kuchli xarakter va butun jamoaning mehnati munosib natijaga olib keldi.

Gʻoliblikni qoʻlga kiritgan xokkeychilarimizni joriy yilning 10-mart kuni Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olish rejalashtirilmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting