Larri O’Brayen kubogi: 1/4 final juftliklari aniq — «Golden State» keyingi bosqichda
Larri O’Brayen kubogi: 1/4 final juftliklari aniq — «Golden State» keyingi bosqichda
NBA pley-offining 1/8 finali yakunlandi. «Golden State Warriors» «Houston Rockets»ni 103:89 hisobida mag'lub etganidan so'ng, 1/4 finaldagi barcha juftliklar ma'lum bo'ldi.
Keyingi bosqichda quyidagi jamoalar o'zaro to'qnash keladi:
Indiana Pacers — Cleveland Cavaliers
Denver Nuggets — Oklahoma City Thunder
New York Knicks — Boston Celtics
Minnesota Timberwolves — Golden State Warriors
E'tiborga molik jihat: Indiana va Cleveland o'rtasidagi ilk o'yin 4-maydan 5-mayga o'tar kechasi bo'lib o'tdi va unda Indiana Pacers 121:112 hisobida g'alaba qozondi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda NBA chempionligi Boston Celticsga nasib etgan — ular finalda Dallas Mavericksni 4:1 hisobida mag'lub etgan edi.
Bakradze Iman
Redaktor