Zoom platformasi orqali Proliga 3–4-tur uchrashuvlariga bag‘ishlangan tahlil yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Unda musobaqada faoliyat olib borayotgan hakamlar ishtirok etdi.
photo: UzFHM
Proliga 3–4-tur uchrashuvlari tahlili o‘tkazildi.
Bugun Zoom platformasi orqali Proliga 3–4-tur uchrashuvlariga bag‘ishlangan tahlil yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda musobaqada faoliyat olib borayotgan hakamlar ishtirok etdi.
Mazkur tur o‘yinlari bo‘yicha tahlillar Valentin Kovalenko, Jahongir Saidov, Timur Galeev hamda Baxtiyor Tagayev tomonidan olib borildi.
Yig‘ilish davomida uchrashuvlarda kuzatilgan bahsli vaziyatlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Har bir epizod yuzasidan hakamlar qarorlari tahlil qilinib, to‘g‘ri yondashuv va qaror qabul qilish borasida amaliy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ayrim vaziyatlar bo‘yicha tavsiyalar berilib, kelgusi o‘yinlarda yagona yondashuvni ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor