Zlatan Ibrahimovich: Men ularning g‘alabalarini doimo kuzatib bordim, ayniqsa Fergyuson davrida
Zlatan Ibrahimovich sobiq futbolchisi «Manchester Yunayted»ni tanlashi haqida fikr bildirdi
photo: gettyimages
Qizil iblislar sobiq futbolchisi «Manchester Yunayted»ni tanlashi haqida fikr bildirdi.
«Men porlashim mumkin bo‘lgan klubni tanladim. O‘yin uslubim to‘liq ishlaydigan joy. Va «Manchester Yunayted» aynan shunday jamoa.
Men ularning g‘alabalarini doimo kuzatib bordim, ayniqsa Fergyuson davrida. Bu juda ajoyib edi: klubning ta’siri, stadiondagi muhit, butun dunyo bo‘ylab muxlislarning sadoqati — bularning barchasi boshidan meni hayratda qoldirgan.
Mening uchun «MYu» dunyoning eng yaxshi klublaridan biri emas. Balki eng yaxshisi. Va men bu tarixning bir qismi bo‘lish imkoniyati uchun ularga nihoyatda minnatdorman».
Ibrohim Jalolov
Redaktor