Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasini qachondan boshqarishi ma'lum bo‘ldi
Fransiyaning nufuzli L'Equipe nashri xabariga ko‘ra, afsonaviy futbolchi va murabbiy Zinedin Zidan rasman 1-sentabrdan Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ish boshlaydi.
Ma'lum qilinishicha, aynan shu sanadan boshlab Zidan terma jamoa bilan ilk yig‘inni o‘tkazadi va JCH-2026 yakunida lavozimini tark etayotgan Didye Deshamning o‘rnini egallaydi.
Desham 2012-yildan buyon Fransiya terma jamoasini boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida fransuzlar 2018-yilgi Jahon chempionatida g‘olib, 2022-yilgi mundial kumush medali sohibi va Yevro-2016 finalchisi bo‘lishdi. JCH-2026 uchinchi o‘rin uchun bahsi uning terma jamoa boshidagi so‘nggi uchrashuvi bo‘ladi.
Zidan esa murabbiylik faoliyatida hozirgacha faqat **"Real Madrid"**ni boshqargan va klub bilan 3 marta ketma-ket UEFA Chempionlar ligasi, 2 marta La Liga, shuningdek, bir qator boshqa sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Endilikda u ilk bor milliy terma jamoada faoliyat olib boradi.