locale OZ

Zeytullayev: «Muxlislar bilan liq to‘lgan stadionda o‘ynash yoqimli»

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Zeytullayev: «Muxlislar bilan liq to‘lgan stadionda o‘ynash yoqimli»
Photo: Dinamo PFK

Superliga 13-turi doirasidagi «Dinamo» - «Bunyodkor» (0:3) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ilyos Zeytullayev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

«Avvalo, bugungi ajoyib futbol bayrami uchun samarqandlik futbol muxlislariga rahmat aytishimiz kerak. Muxlislar bilan liq to‘lgan stadionda o‘ynash yoqimli hamda futbolchilar uchun yaxshi stimul. Jamoaga ham navbatdagi marta minnatdorlik bildiraman, yigitlar yuraklari bilan o‘ynashdi, jamoadoshlari uchun ham harakat qilishdi. Birinchi bo‘limdagi o‘yinimiz bu mavsumdagi eng yaxshi o‘yinlarimizdan biri bo‘ldi. «Dinamo» ham juda yaxshi jamoa, bu mavsumda buni ko‘rsatib kelmoqda», - dedi Ilyos Zeytullayev o‘yindan keyin.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting