locale OZ

Zeedorf — «Korintians» bosh murabbiyi

San-Paulu shahri vakili bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2027-yil oxirigacha amal qiladi.
Zeedorf — «Korintians» bosh murabbiyi
Фото: Getty Images

Braziliyaning «Korintians» klubi Klarens Zeedorf jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganini rasman e’lon qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

San-Paulu shahri vakili bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2027-yil oxirigacha amal qiladi.

«Bu chaqiriqni qabul qilish men uchun katta sharaf, shu bilan birga, ulkan mas’uliyat hamdir. Men bor kuchimni berish va har bir to‘p, har bir daqiqa hamda har bir g‘alaba uchun kurashadigan jamoani shakllantirish uchun keldim», — dedi Zeedorf.

Niderlandiyalik mutaxassis avvalroq «Milan», Xitoyning «Shenchjen», Ispaniyaning «Deportivo» klublari hamda Kamerun milliy jamoasida bosh murabbiy sifatida ishlagan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting