locale OZ

Zanetti: \"Umid qilamanki, bu yilgi \"Oltin to‘p\"ni Messi qo‘lga kiritadi\"

"Inter" klubi vitse-prezidenti "Oltin to‘p" sovrini haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Zanetti: "Umid qilamanki, bu yilgi "Oltin to‘p"ni Messi qo‘lga kiritadi"
Foto: Getty Images

"Inter" klubi vitse-prezidenti va Argentina futboli afsonalaridan biri Xavyer Zanetti 2026-yilgi "Oltin to‘p" sovrini haqida o‘z fikrlarini bildirib, ushbu mukofotni Lionel Messi qo‘lga kiritishiga umid qilishini aytdi.

"Kim "Oltin to‘p"ni yutadi? Umid qilamanki, bu Lionel Messi bo‘ladi. U har doimgidek ajoyib futbol namoyish etmoqda va jamoa uchun hal qiluvchi rol o‘ynamoqda", — dedi Zanetti.

Eslatib o‘tamiz, Messi JCh-2026 musobaqasida Argentina terma jamoasi safida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Turnirdagi yorqin o‘yinlari fonida u yana "Oltin to‘p" sovrini uchun asosiy da'vogarlar qatorida tilga olinmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting