locale OZ

«Yuventus» va «Chelsi» «Al-Hilol» futbolchisi uchun kurashadi

Serbiyalik futbolchining Saudiya klubi bilan bitimi 2026 yilda yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Yuventus» va «Chelsi»  «Al-Hilol» futbolchisi uchun kurashadi
ФОТО: Getty images

"Yuventus" va "Chelsi" "Al-Hilol" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savichning transferi uchun kurash olib boradi. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, futbolchi kelajagi borasida hali bir qarorga kelmagan. Uning vakillari Riyod klubi bilan muzokaralar o'tkazadi.

Serbiyalik futbolchining Saudiya klubi bilan bitimi 2026 yilda yakuniga yetadi.

Eslatib o'tamiz, "Al-Hilol" serb futbolchisini 2023 yilning yozida "Latsio"dan 40 million yevroga sotib olgan edi. Uning hisobida Saudiya Arabistoni klubi safida barcha musobaqalarda 102 ta o'yinda 30 ta gol va 26 ta golli uzatma bor.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting