locale OZ

«Yuventus» Spalletti bilan shartnomani 2028 yilga qadar uzaytirdi — manba

Italiyalik mutaxassis 2025 yilning 30 oktyabrida turinliklar boshqaruviga kelgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Yuventus» Spalletti bilan shartnomani 2028 yilga qadar uzaytirdi — manba
FOTO: Getty Images

Turinning «Yuventus» klubi jamoa bosh murabbiyi Luchano Spalletti bilan amaldagi shartnomani 2028 yilga qadar uzaytiradi.

Mashhur jurnalist Janluka Di Marsioning xabar berishicha, italiyalik mutaxassisning yangi kelishuvga ko‘ra maoshi yiliga 6 million yevroni tashkil etadi.

Spalletti 2025 yilning 30 oktabrida «Yuventus» boshqaruvini qo‘lga olgan edi. Uning qo‘l ostida turinliklar shu vaqtga qadar 31 ta uchrashuv o‘tkazib, 17 ta g‘alaba, 6 ta mag‘lubiyat va 8 ta durang qayd etishdi. 67 yoshli mutaxassisning hozirgi shartnomasi joriy mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan.

Ayni damda «Yuventus» Italiya A Seriyasi turnir jadvalida 57 ochko bilan beshinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoani Chempionlar Ligasi zonasidan bor-yo‘g‘i bir ochko ajratib turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting