locale OZ

\"Yuventus\" Sancho bilan kelisha olmayapti

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Yuventus" Sancho bilan kelisha olmayapti
Photo: Getty Images

"Manchester United" vingeri Jadon Sancho "Yuventus"ga o'tmasligi mumkin. Bu haqda Nikolo Skira xabar berdi.

Manbaga ko'ra, turinliklar 25 yoshli ingliz futbolchisining agentlari bilan muzokaralar olib bormoqda. Biroq tomonlar hali ham kelisha olgani yo'q.

Sancho "Yuventus"da katta maosh so'ramoqda. Shu sababli italiyaliklar Jadon bo'yicha "MYU" bilan muzokaraga kirishgani yo'q.

"Keksalar" ingliz futbolchisi bilan kelishuvga erishish uchun maosh miqdorini pasaytirishi kerak bo'ladi.

Transfermarkt portali Jadon Sanchoning narxini 28 mln yevroga baholamoqda.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting