locale OZ

«Yuventus» Ronaldu bilan sudlashishni davom ettiradi

Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.
«Yuventus» Ronaldu bilan sudlashishni davom ettiradi
Фото: Juventus FC

«Yuventus» klubi sobiq hujumchisi Krishtianu Ronalduga 9,8 million yevro to‘lab berish majburiyati yuklatilgan sud qarorini bekor qildirish maqsadida mamlakat Oliy kassatsiya sudiga shikoyat kiritdi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.

Turin klubi va portugaliyalik futbolchi o‘rtasidagi huquqiy nizo 2021-yilda, Ronaldu «Yuventus»ni tark etib, «Manchester Yunayted»ga qaytgan vaqtda yuzaga kelgan.

Mojaro koronavirus pandemiyasi davrida futbolchilar maoshining bir qismini to‘lash kechiktirilgani bilan bog‘liq. Ommaviy axborot vositalari ma’lumotiga ko‘ra, «Yuventus» Ronalduga 19,5 million yevro miqdoridagi mablag‘ni keyinroq to‘lab berish majburiyatini olgan.

2024-yil aprel oyida arbitraj sudi futbolchining da’vosini qisman qanoatlantirib, klub zimmasiga dastlab talab qilingan summaning taxminan yarmini to‘lash majburiyatini yuklagan. Shu bilan birga, sud «Yuventus» Ronalduni ataylab chalg‘itgani yoki aldaganini tasdiqlovchi holatlarni aniqlamagan.

Turinliklar mazkur qarorga qarshi apellyatsiya shikoyati kiritgan bo‘lsa-da, 2026-yil yanvar oyida sud uni rad etib, avvalgi qarorni o‘z kuchida qoldirgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting