locale OZ

\"Yuventus\" Osimhen uchun yana bir taklif tayyorlamoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Yuventus" Osimhen uchun yana bir taklif tayyorlamoqda
Photo: Getty Images

“Napoli” hujumchisi Viktor Osimhen “Yuventus”ning qiziqish doirasida bo‘lib turibdi.

Insayder Janluka Di Martsioning xabar berishicha, turinliklar o‘tgan hafta oxirida futbolchining vakillari bilan aloqalarni faollashtirgan. Nigeriyalik forvardning yuqori maoshi sababli “Yuventus” muzokara olib bormoqda va u bilan kelishuvga erishmoqchi.

Osimhen xizmatiga “Yuve”dan tashqari, “Al-Hilol” va “MYu” ham qiziqish bildirmoqda. Futbolchining o‘zi esa hali bir qarorga kelmagan.

Eslatib o‘tamiz, Viktor o‘tgan mavsumni "Galatasaray" safida o‘tkazib, umumiy 41 ta uchrashuvda ishtirok etib, 37 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning Transfermarkt portalidagi narxi esa 70 million yevro deb baholanmoqda.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting