\"Yuventus\" Kessieni sotib olmoqchi
Photo: Getty Images
"Al-Ahli" yarim himoyachisi Frank Kessie faoliyatini “Yuventus”da davom ettirishi mumkin.
Calciomercato xabariga ko'ra, futbolchi Yevropaga qaytishga tayyor. Uning shartnomasi 2026 yil iyungacha amal qiladi.
"Yuventus" vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda va shu yozdayoq taklif bilan chiqishi mumkin.
U ilgari “Atalanta” va “Milan” jamoalari tomonidan ham qiziqishga sabab bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, Frank Kessie 2024/25 yilgi mavsumda "Al-Ahli" safida barcha musobaqalarda 44 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Bahrom Bobonov
Redaktor