«Yuventus» Kessie uchun da’vogar
ФОТО: Getty images
Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubi yarim himoyachisi Frank Kessie faoliyatini yana Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Gazetta dello Sport nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Yuventus” klubi ivuarlik futbolchiga qiziqmoqda. “Zebralar” yozdayoq uni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi. Ammo kelishuv amalga oshmagan.
Futbolchining Jidda klubi bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha amal qiladi.
“Yuventus” qishda ham uni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Faqat uning yuqori maoshi sababli kelishuv cho‘zilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Kessie 2021/22 yilgi mavsumda “Milan” bilan A Seriya chempioni bo‘lgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist