locale OZ

\"Yuventus\" Jeksonni sotib olmoqchi

Futbolchining "Chelsi" bilan bitimi 2033 yilgacha mo'ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Yuventus" Jeksonni sotib olmoqchi
Photo: Getty Images

“Chelsi” hujumchisi Nikolas Jekson faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda insayder Janluka Di Marzio.

Qayd etilishicha, senegallik 24 yoshli forvardga “Yuventus” klubi jiddiy qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

"Keksalar" Jekson bo‘yicha dastlabki muzokaralarni o‘tkazdi. Nikolasning transfer qiymati 50 million yevroga baholanmoqda. Uning klub bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2033 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

O‘tgan mavsum Nikolas Jekson 30ta o‘yinda 10ta gol urgan va 5ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting