«Yuventus» himoyachisiga APLning uch klubi qiziqish bildirmoqda
Uning "Yuventus" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyining oxirigacha moʻljallangan.
ФОТО: Getty images
"Yuventus" klubi markaziy himoyachisi Bremer faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Football Italia xabar berdi.
Manbaga koʻra, 28 yoshli futbolchiga "Manchester United", "Liverpool" va "Chelsea" klublari vakillari faol qiziqish bildirmoqda.
Braziliyalik futbolchining "Yuventus" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyining oxirigacha moʻljallangan.
Transfermarkt portalining maʼlumotlariga koʻra, u 50 million yevroga baholanmoqda.
Bremer joriy mavsum "Yuventus" safida barcha musobaqalarda 4 ta oʻyinda 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. U "keksa sinyora" safida jami 95 ta oʻyinda 8 ta gol va 4 ta golli uzatma bergan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist