locale OZ

\"Yuventus\" Davidga yiliga 6 mln yevro maosh beradi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Yuventus" Davidga yiliga 6 mln yevro maosh beradi
Photo: Getty Images

“Yuventus” klubi “Lill”ning sobiq hujumchisi Jonatan David bilan kelishib oldi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar berdi.

Qayd etilishicha, turinliklar 25 yoshli kanadalik forvardga yiliga 6 million yevro maosh beradi. Shuningdek, u “Yuve” safiga kelib qo‘shilgani uchun qo‘shimcha bonus puli ham oladi.

Davidning “Lill” bilan bitimi yakunlandi va u erkin agent sifatida A Seriya klubi safiga borib qo‘shiladi.

O‘tgan mavsumda David Fransiya chempionatida 16ta gol urdi va to‘purarlik jadvalida 4-o‘rinni egalladi. Klub safida barcha musobaqalarda esa 25ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting