locale OZ

«Yuventus» Balogun uchun 35 million yevro sarflashga tayyor

Uning Fransiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan.
«Yuventus» Balogun uchun 35 million yevro sarflashga tayyor
ФОТО: Getty images

"Monako" va AQSH milliy jamoasi hujumchisi Folaring Balogun faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda taniqli insayder Nikolo Skira xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "Yuventus" klubi 25 yoshli forvardga jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Zebralar" futbolchining transferi uchun taxminan 35 million yevro taklif qilishga tayyor. Biroq futbolchi "Yuventus"da kamroq maosh olishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Folaring 2023 yilda "Arsenal"dan "Monako"ga 30 million yevro evaziga ko'chib o'tgan edi. Uning Fransiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan.

O'tgan mavsumda u barcha turnirlar doirasida 43 ta uchrashuvda ishtirok etib, 19 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting