locale OZ

Yuriy Syomin: Fayzullaevning transferi CSKA uchun yo‘qotish, lekin uning o‘zi uchun to‘g‘ri qaror

Rossiyalik mutaxassis o‘zbekistonlik yarimhimoyachining Turkiyaga ko‘chishiga ijobiy baho berdi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yuriy Syomin: Fayzullaevning transferi CSKA uchun yo‘qotish, lekin uning o‘zi uchun to‘g‘ri qaror
Rasm: Instagram

Rossiya terma jamoasining sobiq murabbiyi Yuriy Syomin o‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullaevning Moskva CSKA jamoasidan Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubiga o‘tishi haqida o‘z fikrini bildirdi.

Syominga ko‘ra, Fayzullaevning ketishi CSKA uchun sezilarli yo‘qotish bo‘ladi, chunki u futbolchining o‘yinini juda yoqtirgan. Uning ta’kidlashicha, ushbu transfer kutilgan holat, sababi Abbosbek bilan avvaldan ma’lum kelishuvlar mavjud bo‘lgan.

Yuriy Syominning fikricha, Fayzullaev CSKA safida o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata oldi va kelajakda yanada o‘sish uchun yaxshi salohiyatga ega. Uning fikricha, bu futbolchining o‘zi uchun ham to‘g‘ri qaror, chunki "Bashakshehir"da u muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi mumkin. Kelajakda esa yanada yirik klublarga o‘tishi ehtimoli bor. Shu bois, Syomin mazkur transferni mantiqiy va to‘g‘ri deb hisoblaydi.

Avvalroq Fayzullaevning "Istanbul Bashakshehir"ga 7 million yevro evaziga o‘tayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting