locale OZ

Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasi uchun 57 futbolchidan iborat ro‘yxat tuzdi

Germaniya terma jamoasining yakuniy tarkibi UEFA Millatlar ligasi boshlanishidan oldin e’lon qilinadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasi uchun 57 futbolchidan iborat ro‘yxat tuzdi
Foto: Getty Images

Germaniya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Yurgen Klopp milliy jamoaga nomzod futbolchilarning kengaytirilgan ro‘yxatini shakllantirdi. Dastlabki ro‘yxatdan 57 nafar maydon futbolchisi joy olgan.

Asosiy nomzodlar orasida Yonatan Ta, Niko Shlotterbek, Yozua Kimmix, Aleksandar Pavlovich, Jamal Musiala, Florian Virts va Kay Haverts kabi yetakchi futbolchilar bor.

Klopp tajribali futbolchilar bilan bir qatorda yosh iste’dodlarga ham imkoniyat bermoqchi. Ro‘yxatga Antonio Ryudiger, Leroy Sane va Leon Goretska singari tajribali futbolchilar, shuningdek, Kennet Ayxgorn, Vael Moxya, Montrell Kalbrit va Rafael Pinto Pedrosa kabi yoshlar ham kiritilgan.

Germaniya terma jamoasining yakuniy tarkibi UEFA Millatlar ligasi boshlanishidan oldin e’lon qilinadi. Sentyabr oxiri va oktyabr boshida jamoani Gretsiya, Niderlandiya hamda Serbiyaga qarshi uchrashuvlar kutmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting