locale OZ

«Yuqori o‘rinlar uchun oxirigacha kurashamiz» – Jahongir Abdusalomov

Abdusalomov uchrashuvda bitta golga mualliflik qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Yuqori o‘rinlar uchun oxirigacha kurashamiz» – Jahongir Abdusalomov
Фото: Динамо ПФК

Superliga 28-turi doirasidagi “Bunyodkor” – “Dinamo” (1:3) uchrashuvida jamoamizning dastlabki goliga mualliflik qilgan Jahongir Abdusalomov o‘yindan so‘ng klub matbuot xizmatiga o‘yin borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“O‘yin qiyin bo‘lishini bilardik. Chunki “Bunyodkor” kuchsiz jamoa emas, ligada kuchsiz jamoaning o‘zi yo‘q. Bizni ta’qib o‘tayotgandi, raqobatchilarimizdan biri edi. Alloh g‘alabani bizga nasib qilgan ekan, yutdik. Oson bo‘lmadi lekin.

Bundan buyog‘iga Xudo xohlasa yuqori o‘rinlar uchun oxirigacha kurashamiz. Hali imkoniyat bor, ammo oson bo‘lmaydi. Lekin jamoamiz yaxshi, ishonamiz. Muxlislarga rahmat, shunaqa sovuqda kelib, hattoki yosh bolachalar ham muxlislik qilishdi. Barchalariga rahmat deb qolamiz”, – deydi Jahongir Abdusalomov.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting