Yunon-rum kurashi. Oʻzbekiston chempionati sovrindorlari taqdirlanishdi
Marosimda MOQ rahbariyati ham ishtirok etdi.
FOTO: Olympic.uz
Yunon-rum kurashi boʻyicha Oʻzbekiston chempionatining birinchi kunida gʻolib va sovrindorlar aniqlandi.
Unda Ixtiyor Botirov (-55 kg), Islomjon Bahromov (-63 kg), Shahzod Qoʻchqorov (-72 kg), Azim Soatullayev (-82 kg) va Qodir Jalilov (-92 kg) oʻz vazn toifalarida oltin medalni qoʻlga kiritishdi.
Musobaqaning taqdirlash marosimida MOQ rahbariyati ham ishtirok etib, shohsupaga koʻtarilgan sportchilarimizni qutladi va ularning kelgusi faoliyatida omad tiladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist