Yoxan Kroyff: «U albatta bu darajaga yetadi»
Tarmoqlarda Yoxan Kroyffning 16 yil avvalgi intervyusi paydo bo‘ldi. Unda yosh Messi haqida gap borgan edi.
«Messining dunyodagi eng yaxshi o‘yinchi ekanligining sabablaridan biri — uning oyoqlari kaltaligida. Og‘irlik markazining pastligi unga imkon qadar yerga yaqinroq bo‘lish imkonini beradi», — deb tushuntirgan edi o‘shanda Kroyff.
«Barsa» afsonasi Leoning o‘yini yoshi o‘tgani sayin qanday o‘zgarishini o‘shandayoq tushungan edi.
«Keyinroq u jismoniy kuchini yo‘qotadi, ammo o‘z uslubini moslashtira oladi. Messi to‘g‘ri pozitsiyalarni topishga e’tibor qaratadi va vaziyatlarni o‘sha yerdan turib hal qiladi», — deb oldindan ko‘ra bilgandi Yoxan.
Jurnalistning argentinalik futbolchi buyuklik maqomida u va Maradona bilan bir qatorga tura oladimi, degan savoliga Kroyff hech ikkilanmasdan shunday javob bergan:
«U albatta bu darajaga yetadi».
Yoxan hammasini oldindan bilgan ekan.