Yoshlar o‘rtasidagi JCHda yarim final juftliklari ma’lum bo‘ldi
Yarim final uchrashuvlari 15 va 16 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
ФОТО: Getty images
2025 yilgi yoshlar o‘rtasidagi futbol bo‘yicha Jahon chempionati yarim final bosqichiga chiqqan barcha jamoalar aniq bo‘ldi.
Yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati – 2025 yarim final juftliklari:
Marokash U20 – Fransiya U20
Argentina U20 – Kolumbiya U20
Yarim final bahslari 15 va 16 oktyabr kunlari o‘tkaziladi. Musobaqaning hal qiluvchi finali esa 20 oktyabrga belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yilgi yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati 27 sentyabrdan 20 oktyabrgacha Chilida bo‘lib o‘tmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist