Yoshlar futzal terma jamoasi mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda
O‘zbekiston yoshlar futzal terma jamoasi ayni kunlarda mamlakat birinchiligining so‘nggi turiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Mashg‘ulotlar jarayonida futbolchilarning jismoniy holati, texnik mahorati hamda taktik harakatlarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Tayyorgarlik davomida o‘yinchilar o‘yin tizimlarini mukammallashtirish, tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qilish, shuningdek jamoaviy harakatlarni yanada mustahkamlashga qaratilgan mashqlarni bajarishmoqda.
Jamoa a’zolari mashg‘ulotlarda yuqori kayfiyat va katta mas’uliyat bilan ishtirok etishmoqda. Ushbu tayyorgarlik jarayonlari kelgusidagi musobaqalarda munosib ishtirok etish hamda yuqori natijalarga erishishga xizmat qilishi kutilmoqda.
E’tiboringizga havola etilayotgan suratlar O‘zbekiston yoshlar futzal terma jamoasining TATU sport zalida o‘tkazilgan mashg‘ulot jarayonidan olingan.