Yilning eng yaxshi darvozaboni nomiga da'vogarlar ma'lum bo'ldi
Photo: Getty Images
2025 yilda eng yaxshi darvozabonga topshiriladigan Lev Yashin nomidagi sovrin uchun nomzodlar e'lon qilindi.
Ushbu sovrin 2019 yildan beri topshirib kelinmoqda. U UEFA, "France Football" va "L'Equipe" jurnallari talqinida yilning eng yaxshi darvozaboniga taqdim etiladi.
Bu yil da'vogarlar qatorida quyidagi futbolchilar bor:
Alisson ("Liverpul"), Yassin Bounou ("Al Hilol"), Luka Shevalye ("Lill"), Thibaut Courtois ("Real"), Gianluigi Donnarumma (PSJ), Emiliano Martinez ("Aston Villa"), Jan Oblak ("Atletiko"), David Raya ("Arsenal"), Mats Sels ("Nottingem Forest"), Jan Sommer ("Inter")
Bahrom Bobonov
Redaktor