locale OZ

Yevropaning uch klubi Kubo uchun kurashmoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yevropaning uch klubi Kubo uchun kurashmoqda
Фото: Getty Images

"PSJ", "Atletiko" va "Tottenhem" jamoalari "Real Sosedad" vingeri Takefusa Kuboni qo'lga kiritish uchun raqobatlashmoqda. Bu haqda jurnalist Pablo Oliveira xabar berdi.

Manbaga ko'ra, yuqorida tilga olingan 24 yoshli futbolchining qaroriga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan ulkan rejalar mavjud.

Kubo Ispaniya klubida 2022 yilning yozidan beri to'p tepmoqda. Shu davr mobaynida yaponiyalik futbolchi barcha turnirlarda 138 ta o'yin o'tkazib, 24 ta gol urgan va 18 ta assist qayd etgan.

Futbolchining klub bilan amal qilayotgan shartnomasi 2029 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, Kuboning bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting