locale OZ

Yevropaning ikki klubi Vlahovichga qiziqish bildirmoqda

25 yoshli futbolchining "bianconerilar" bilan shartnomasi joriy mavsum yakunlangach o‘z nihoyasiga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yevropaning ikki klubi Vlahovichga qiziqish bildirmoqda
ФОТО: Getty images

"Juventus" hujumchisi Dushan Vlahovichga Yevropaning top ikki klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Calciomercato nashri xabar berishicha, "Bavariya" va Madridning "Atletiko" klublari diqqat bilan kuzatmoqda.

25 yoshli futbolchining "bianconerilar" bilan shartnomasi joriy mavsum yakunlangach o‘z nihoyasiga yetadi.

"Bavariya" serbiyalik futbolchi uchun "Atletiko" bilan kurashishga tayyor. Taxminlarga ko‘ra, qishda futbolchini 15 mln yevroga sotib olish mumkin bo‘ladi.

Transfermarkt portali "Fiorentina" sobiq yulduzining narxini 35 mln yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting