Yevropadagi eng qimmatbaho 10 ta futbol klubi e'lon qilindi
Football Benchmark Group agentligi Yevropaning bozordagi qiymati eng yuqori bo‘lgan klublar reytingini taqdim etdi. Ro‘yxatning birinchi pog‘onasidan €6,3 milliardga baholangan Madridning "Real" jamoasi joy oldi.
Ikkinchi o‘rinda — "Manchester Siti" (€5,2 mlrd), uchinchi o‘rinda esa "Manchester Yunayted" (€5,1 mlrd) qayd etilgan.
Yevropadagi eng qimmat 10 klub:
1. "Real" (Ispaniya) — €6,3 mlrd
2. "Manchester Siti" (Angliya) — €5,2 mlrd
3. "Manchester Yunayted" (Angliya) — €5,1 mlrd
4. "Barselona" (Ispaniya) — €4,5 mlrd
5. "Bavariya" (Germaniya) — €4,3 mlrd
6. "Liverpul" (Angliya) — €4,1 mlrd
7. "Arsenal" (Angliya) — €3,9 mlrd
8. "PSJ" (Fransiya) — €3,8 mlrd
9. "Tottenxem" (Angliya) — €3,6 mlrd
10. "Chelsi" (Angliya) — €2,9 mlrd